Superkompyuter Chempionlar Ligasi g'olibini taxmin qildi

Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining oltinchi turi boshlangan kuni Opta mutaxassislari superkompyuter yordamida jamoalarning turnirda g'alaba qozonish imkoniyatlarini hisoblab chiqishdi. Ma'lum bo'lishicha, Evropaning eng nufuzli sovrinini qo'lga kiritish uchun eng katta imkoniyatga "Arsenal" ega. Hisob-kitoblar shuni ko'rsatdiki, "kanonirlar"ning Chempionlar Ligasidagi birinchi g'alabasi ehtimoli 22,65 foizni tashkil qiladi.
Ikkinchi o'rinda "Bavariya" (18,25%), uchlikni esa "PSJ" (12,8%) yakunlab bergan. Keyingi o'rinlarda "Manchester Siti" (9,52%), "Barselona" (6,14%) va "Real" (5,11%) bormoqda. Qolgan jamoalarning imkoniyatlari 5 foizga ham etmaydi.
Chempionlar ligasining amaldagi g'olibi "PSJ" hisoblanadi.