Superkompyuter "Arsenal"ning EChLda g'olib bo'lish imkoniyatlarini oshirdi

Opta mutaxassislari UEFAning klublar o'rtasidagi asosiy turnirida jamoalarning imkoniyatlarini hisoblash uchun superkompyuterni ishga tushirdi. Mashinadan Chempionlar Ligasida kim g'olib bo'lishini "so'rashdi".
"Javob" shunday bo'ldi: Chempionlar Ligasi kubogini qo'lga kiritish uchun eng katta imkoniyat "Arsenal"da. Londonliklarning imkoniyatlari 23,53 foizni tashkil qiladi. Qizig'i shundaki, "kanonirlar" klubi muzeyida hali Evropa chempionlari kubogi yo'q va ular Angliya Premer-ligasida oxirgi marta 2004 yilda g'alaba qozongan.
Ikkinchi o'rinda "Bavariya" bormoqda. Uning g'alaba qozonish ehtimoli - 14,33%. Kuchli uchlikni "Manchester Siti" yakunlab berdi - 12,95%.
Keyingi o'rinlarda "Liverpul" (11,72 foiz), "PSJ" (10,22 foiz), "Real" (4,7 foiz) va "Barselona" (4,24 foiz) bormoqda.