Londonning "Arsenal" klubi Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida yaqqol peshqadamlik qilmoqda.

Yakshanba kuni "kanonirlar" "Tottenxem"ni tor-mor etib (4:1), asosiy ta'qibchisi "Chelsi" bilan oradagi farqni 6 ochkoga etkazishdi. Opta superkompyuterining hisob-kitoblariga ko'ra, Mikel Arteta jamoasining uzoq kutilgan chempionlik unvoni uchun imkoniyatlari endi 75,56 foizga baholanmoqda. Ikkinchi favorit - "Manchester Siti" (14,3%), uchinchi - "Chelsi" (3,88%). "Liverpul"ning oltinni himoya qilish imkoniyati juda past - atigi 2,13 foiz.

Kelasi yakshanba, 30 noyabr kuni "Arsenal" safarda "Chelsi" mehmoni bo'ladi. "To'pchilar" 2004 yildan beri Angliya chempioni bo'lishmagan.