Opta superkompyuteri Angliya Premer-ligasining 9-turidan so'ng chempionlik uchun asosiy da'vogarni aniqladi.

Hisob-kitoblarga ko'ra, Londonning “Arsenal” jamoasi chempion bo'lish ehtimoli 66,86% ni tashkil etmoqda. “Manchester Siti”ning g'alaba ehtimoli 13,10%, amaldagi chempion “Liverpul”niki esa 11,09% deb baholangan.

Eslatib o'tamiz, olti turdan keyingi hisob-kitoblarda Arne Slot jamoasi (“Liverpul”)ning chempion bo'lish ehtimoli 46,5%, “Arsenal”niki 34,6%, “Manchester Siti”niki esa 10,1% etgan edi.

9-tur natijalariga ko'ra, APL jadvalida 22 ochko bilan “Arsenal” peshqadamlik qilmoqda. 18 ochko to'plagan “Bornmut” ikkinchi o'rinda, shuningdek, 17 ochkodan jamg'argan “Tottenhem Xotspur” va “Sanderlend” ham kuchli to'rtlikka kirdi.

Manba: championat.com