Superkompyuter APLda chempion nomi bitta gol evaziga aniqlanishini bashorat qildi

«Arsenal» va «Manchester Siti» APL chempionlik tituli uchun kurashni davom ettirishmoqda. Oldinda yana uchta tur bor va nazariy jihatdan «Arsenal» ustunlikka ega — agar jamoa qolgan barcha uch uchrashuvda g'alaba qozonsa, unga hech kim xalaqit bera olmaydi.
Biroq, Opta taxminiga ko'ra, mavsum yakuni juda dramatik kechadi: hammasi so'nggi turda va atigi bitta gol evaziga hal bo'ladi. Har ikki klub ham 83 tadan ochko jamg'aradi va g'olib to'plar nisbatiga ko'ra aniqlanadi. Superkompyuter «Arsenal»da +45, «Manchester Siti»da esa +44 ko'rsatkichini bashorat qilmoqda.
Voqealar rivoji aslida qanday bo'lishini vaqt ko'rsatadi.