Mashhur shotlandiyalik sobiq futbolchi va murabbiy Grem Suness «Arsenal» va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Deklan Raysning qobiliyatlariga shubha bilan qaradi.

Yaqinda inglizlar JCh-2026 yarim finalida Argentina terma jamoasiga imkoniyatni boy berishdi (1:2). «Kanonirlar» xavbeki o'yinda 82-daqiqagacha harakat qildi.

«Men Raysni, xuddi Anderson kabi, imkoniyatlari cheklangan futbolchi deb hisoblayman. U ishonchli, atletik jihatdan baquvvat, maydonda bor kuchini beradi, ammo u Rodri kabi to'p bilan o'yinga ta'sir o'tkaza olmaydi. Unda pleymeykerlik sifatlari yo'q. Menimcha, unga markaziy himoyachi pozitsiyasi ko'proq mos kelardi», — deya ingliz OAVlari Sunessning so'zlarini keltiradi.

19 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 02:00 da Angliya va Frantsiya terma jamoalari o'rtasidagi uchinchi o'rin uchun bahs boshlanadi.

Manba: Stadion.uz