Istanbulning "Beshiktosh" jamoasi yangi bosh murabbiyni tanishtirdi. Klub matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, jamoani 52 yoshli turkiyalik mutaxassis Sergen Yalchin boshqaradi.

Murabbiy "burgutlar" bilan uzoq muddatli mehnat shartnomasini imzoladi. Kelishuv 2026/2027 yilgi mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan. Yalchin 2020/2021 yilgi mavsumda ham "burgutlar"ni boshqargan.

Eslatib o'tamiz, bir kun avval Istanbul klubi norvegiyalik Ule Gunnar Sulsherning iste'fosini e'lon qilgan edi. Skandinaviyalik mutaxassis Konferentsiyalar ligasi saralash pley-off bosqichida Shveytsariyaning "Lozanna" jamoasidan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng iste'foga chiqarildi.