Sud 9 yilga qamalgan Robinoning muddatidan oldin ozod qilish haqidagi apellyatsiyasini rad etdi

Robinoning muddatidan oldin ozod qilinishi haqidagi apellyatsiyasi qanoatlantirilmadi.
Eslatib o'tamiz, 2024 yili «Milan» va «Real»ning sobiq hujumchisi guruh bo'lib zo'rlashda ishtirok etgani uchun 9 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. U Braziliyada qo'lga olingach, hozirda Tremembe qamoqxonasida jazo o'tamoqda.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, Oliy sud braziliyalik futbolchi tomonidan berilgan muddatidan oldin ozod qilish to'g'risidagi apellyatsiyani rad etdi.
Manba: sports.ru