Londonning «Arsenal» klubi yarim himoyachisi Martin Subimendi avvalroq uni «Real» bilan bog'lagan mish-mishlarga munosabat bildirdi.

«Ismingni «Real» bilan bog'lashlari u qadar yomon emas. Lekin bu endi o'tmishda qoldi. Men bor e'tiborimni jamoamga qaratganman va hozirgi turgan joyimda baxtliman», — dedi Subimendi Cadena SERga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yozda Martin Subimendi «Real Sosedad»dan «Arsenal»ga ko'chib o'tgan edi. O'shandan beri yarim himoyachi 48 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va sheriklariga 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nufuzli Transfermarkt portali 27 yoshli Subimendini 80 million evroga baholamoqda.