Subimendi: "EChLda Ispaniya klublarini hisobdan chiqarib bo'lmaydi"

Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Martin Subimendi jamoaning Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyat imkoniyatlari haqida gapirdi.
"Kanonirlar" umumiy bosqichdagi barcha o'yinlarda g'alaba qozonib, turnir jadvalida birinchi o'rinni egallashdi. London grandining 1/8 finaldagi raqibi keyinroq aniqlanadi.
"Eng muhimi – g'alaba. 1/8 finalga yo'llanma olish juda yaxshi, lekin endi kim turnirda g'olib chiqishini ko'ramiz. Ispaniya jamoalarini hech qachon hisobdan chiqarib bo'lmaydi: o'tgan mavsumda "Barselona" yarim finalgacha etib bordi, "Real" – bu "Real", "Atletiko"da esa ajoyib o'yinchilar etarli. Chempionlar ligasi – maxsus turnir, unda har qanday voqea sodir bo'lishi mumkin", – deya Subimendining so'zlarini keltirmoqda "Arsenal News Channel".