Ispaniyalik yarim himoyachi Martin Subimendi Londonning «Arsenal» klubi safidagi ilk golini kiritdi. Bu gol Angliya Premer-ligasining 4-turida «Nottingem Forest»ga qarshi bahsda qayd etildi.

Subimendi yozgi transfer oynasida «Arsenal»ga «Real Sosedad»dan 70 million evro evaziga qo'shilgan edi. Ushbu bahs ispaniyalik futbolchi uchun «kanonirlar» tarkibidagi bor-yo'g'i to'rtinchi o'yin bo'ldi.

32-daqiqada Subimendi jamoasi uchun hisobni ochdi — u jarima maydoni tashqarisidan havodan kelayotgan to'pni to'xtatmasdan, darvozabon Matts Sels darvozasiga joylab qo'ydi.