«Inter Mayami» hujumchisi Luis Suares Liga kubogi finalida «Sietl Saunders»ga qarshi o'yindan keyin raqib klub xodimiga tupurgani uchun olti o'yinga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda ESPN Liga kubogi tashkiliy qo'mitasiga tayanib xabar berdi.

Shuningdek, «Inter Mayami» yarim himoyachisi Serxio Buskets raqib futbolchisini musht bilan yuziga urgani uchun ikki o'yinga maydondan chetlatildi. «Flamingo» himoyachisi Tomas Aviles esa tajovuzkor harakatlari uchun uch o'yinga diskvalifikatsiya oldi.

Bundan tashqari, Liga kubogi tashkiliy qo'mitasi «Sietl Saunders» murabbiylar shtabi vakili Stiven Lenxartga ham qo'shimcha sanktsiya qo'lladi — u besh o'yinga diskvalifikatsiya qilindi.

Manba: championat.com