"Inter Mayami" hujumchisi Luis Suares "Barselona"ni diqqat bilan kuzatishda davom etayotganini tan oldi.

"Men har doim "Barselona" o'yinlarini tomosha qilaman, farzandlarim ham ularni o'tkazib yuborishmaydi," - deya 38 yoshli futbolchining intervyusidan iqtibos keltiradi ispan OAV.

Luis Suares "Barsa" safida barcha musobaqalarda 283 ta o'yinda 195 ta gol va 113 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.