Frantsiyaning "Strasburg" klubi Liam Rosenor jamoa bosh murabbiyligidan ketib, Londonning "Chelsi" klubiga o'tganidan so'ng ilk xaridini amalga oshirdi.

20 yoshli vinger Jasim Yasin Frantsiya 2-ligasi vakili "Dyunkerk"dan sotib olindi.

Transfermarkt portali xabariga ko'ra, futbolchining transferi "Strasburg"ga etti million evroga tushdi.

2025/2026 yilgi mavsumda Yassin Liga va Frantsiya kubogida 15 ta o'yinda maydonga tushib, uchta gol urdi va sakkizta golli uzatmani amalga oshirdi.