Frantsiyaning «Strasburg» klubi Konferentsiyalar ligasi doirasida Xorvatiyaning «Rieka» jamoasiga qarshi kechgan bahsda dastlabki o'yindagi ustunligini saqlab qoldi — birinchi uchrashuvdagi g'alabadan so'ng, frantsuzlar javob o'yinida durang qayd etishdi.

Bu shuni anglatadiki, «Strasburg» o'z tarixida uchinchi bor va 21-asrda ilk marotaba Evropa turnirining chorak finalida o'ynaydi. Klub ilk bor 1965 yilda Kuboklar kubogi doirasida ushbu bosqichgacha etib borgan va o'shanda qur'a ularni Angliyaning «Manchester Siti» jamoasi bilan to'qnash keltirgan edi. 1980 yilda esa «Strasburg» yana evrokubokning chorak finaliga chiqqan, ammo Amsterdamning «Ayaks» klubiga imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etgan.

Endilikda jamoa chorak finalda Germaniyaning «Maynts» klubiga qarshi maydonga tushadi.