Hindistonning Bxubanesvar shahrida stol tennisi bo'yicha jamoaviy yo'nalishda Osiyo chempionati o'tkazilayotgani haqida ma'lum qilgan edik. Unda qatnashgan O'zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari o'z ishtiroklarini yakunladi.

Ahamiyatlisi, musobaqada 15-o'rinni egallagan yigitlarimiz kelasi yil Angliyaning London shahrida tashkil etiladigan jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. Afsuski, qizlarimiz qayd etgan 16-natija dunyo birinchiligiga yo'l olish uchun etarli bo'lmadi.

Manba: olympic.uz