Stiv Bryus: "Menimcha, Rosenor "Chelsi" rahbariyatining qo'g'irchog'iga aylanmaydi"

"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Stiv Bryus "Chelsi" bosh murabbiyi lavozimiga Liam Rosenorning tayinlanishi borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Unga ozgina hurmat ko'rsating. "Chelsi"da hammasi o'ziga xos tarzda kechadi, "Strasburg" esa - ularning farm-klubi. U bu klubni boshqargan. O'zini yaxshi tomondan ko'rsatdi. "Xall Siti"da ham o'zini yaxshi tomondan ko'rsatdi. Rosenorga ajoyib imkoniyat berildi. U ko'pchilik o'ylaganidan ancha kuchli va u uchun "Chelsi"dek jamoani boshqarish yangilik. Ammo u klub rahbariyatining qo'g'irchog'iga aylanadi, deb o'ylamayman", - deya Bryusning so'zlarini keltiradi talkSPORT.
"Chelsi" Liam qo'l ostida 5 o'yindan buyon maydonga tushib, 4tasida g'alaba qozondi. Bugun, 28 yanvar kuni "ko'klar" Chempionlar ligasi umumiy bosqichining so'nggi turida "Napoli"ga qarshi bahs olib boradi.