«Bryugge» yarim himoyachisi Aleksandar Stankovich Angliya Premer-ligasi klublariga o'tishdan manfaatdor emas. Bu haqda taniqli insayder Janluka Di Martsio xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, 20 yoshli serbiyalik futbolchiga «Brentford» va «Nyukasl» tomonidan jiddiy qiziqish bildirilayotganiga qaramay, u ayni paytda faoliyatini boshqa klubda davom ettirish variantini ko'rib chiqmayapti.

Stankovichning «Bryugge» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali yarim himoyachining transfer qiymatini 25 million evroga baholamoqda. Ma'lumot uchun, Aleksandar belgiyaliklar safida jami 54 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Shuningdek, u Serbiya milliy terma jamoasi safida 6 ta uchrashuvda ishtirok etgan.