Sportda moliyaviy rekord: Ronalduning daromadi yangi cho'qqiga etdi

"Forbes" moliyaviy va ishbilarmonlik jurnali bergan ma'lumotlarga ko'ra, 41 yoshli faxriy eng yaqin taqibchilarini sezilarli darajada ortda qoldirgan holda sayyoraning eng ko'p maosh oluvchi o'yinchisi maqomini saqlab turibdi.
Portugaliyalik forvardning yillik umumiy daromadi - klubdagi katta maoshi va homiylik shartnomalarini qo'shib hisoblaganda 225 million funt sterlingga baholanmoqda, bu esa unga so'nggi moliyaviy reytingda ishonchli tarzda 1-o'rinni egallash imkonini berdi.
"Forbes" talqiniga ko'ra dunyoning eng ko'p maosh oluvchi 10 nafar futbolchisi reytingi quyidagicha ko'rinish olgan:
Krishtianu Ronaldu - 225 million funt
Lionel Messi - 109
Kilian Mbappe - 75
Erling Holand - 64
Vinisius Junior - 57
Lamin Yamal - 41
Sadio Mane - 40
Jud Bellingem - 40
Harri Keyn - 31
Muhammad Saloh - 30
Takidlash joizki, "Oltin to'p"ning 5 karra sohibi 20 yildan ziyod vaqt davomida jahon marketingi va sportining ramzi maqomini saqlab kelmoqda, shuningdek, butun dunyo bo'yicha ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilar soni bo'yicha mutlaq rekordchi bo'lib qolmoqda.
Yaqin Sharqdagi misli ko'rilmagan shartnoma, shaxsiy biznes imperiyasi va umrbod reklama kelishuvlari Ronalduga professional sport tarixida noyob moliyaviy rekord o'rnatish imkonini berdi.
Kommentariyalar