Sport kurashlari. Keunimjaeva hamda Esenbaeva bronza medali uchun kurashadi

Qirg'iz Respublikasining Bishkek shahrida sport kurashlari bo'yicha Osiyo chempionati davom etadi. Musobaqaning bugungi kunida ayollar kurashi bo'yicha bellashuvlar o'tkazilib, unda ikki nafar vakilimiz bronza medali uchun gilamga chiqsa, yana besh nafar sportchimiz saralash bahsida ishtirok etadi.
Bronza medali uchun:
-50 kg: Aktenge Keunimjaeva – Nipuni Pedige (Shri-Lanka) / Munxnar Byambasuren (Mo'g'uliston)
-59 kg: Ulmeken Esenbaeva – Sezim Jumanazarova (Qirg'iz Respublikasi)
Bugun saralash bahslarida qatnashadigan qizlarimiz va ularning raqiblari:
-53 kg: Sohibjamol Esbo'sinova – Ya Chen (Xitoy Taipeyi)
-57 kg: Laylo Sobirova – Sara Natami (Yaponiya)
-62 kg: Nigina Sobirova – Balqis Taibin (Iordaniya)
-65 kg: Feruza Esenbaeva – Narxajid Nyamsuren (Mo'g'uliston)
-72 kg: Sevinchoy Polvonova – Maxiro Yoshitake (Yaponiya)