Zagreb shahrida kechayotgan sport kurashlari bo'yicha jahon chempionatining navbatdagi kunida O'zbekiston terma jamoasining 5 nafar a'zosi ishtirok etadi.

Yunon-rim kurashi bo'yicha saralash bosqichida barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratgan Alisher G'aniev (-60 kg) oltin medal uchun qozog'istonlik Aidos Sultangali bilan bahs olib borsa, yarim finalda imkoniyatni boy bergan Abdullo Aliev (-72 kg) bronza medali uchun gilamga chiqadi. Uning bu bosqichdagi raqibi kechki dasturda aniq bo'ladi. Shuningdek, yana 3 nafar sportchimiz bugun saralash bellashuvlarida qatnashadi.

Saralash bosqichi:
-63 kg: Aytjan Xalmaxanov – Nikolay Vichev (Bolgariya) / Oleksandr Xrushin (Ukraina)
-67 kg: Shermuhammad Sharibjonov – Man Son (KXDR)
-87 kg: Muhammadqodir Rasulov – Marsel Sterkenburg (Niderlandiya).