Sport kurashlari. Aytjan Xalmaxanov ikkinchi bor jahon chempionligini qo'lga kiritdi

Bolgariyaning Samokov shahrida sport kurashlari bo'yicha U20 yosh toifasidagi jahon chempionati o'z yakuniga etmoqda. Bugungi bellashuvlar ham terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli o'tib, yunon-rum kurashchimiz Aytjan Xalmaxanov oltin medalga sazovor bo'ldi.
-63 kg vazn toifasida bahs olib borgan yurtdoshimiz saralash bosqichlarida Yaponiya, neytral maqomda kurashgan Rossiya, Qozog'iston vakillarini mag'lub etgan edi. Final bellashuvida esa armanistonlik sportchi 12:2 hisobida taslim etildi.
Manba: olympic.uz