Sport kurashlari bo'yicha Osiyo chempionatining bugungi kun bellashuvlari ham O'zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli o'tdi. Yunon-rum kurashi bellashuvlarida yurtdoshlarimiz 1 tadan oltin va bronza medallariga ega chiqishdi.

-60 kg vazn toifasida ishtirok etgan Alisher G'aniev finalda KXDR vakili Se Ung Rini mag'lub etib, oltin medalga sazovor bo'ldi.

Shuningdek, bronza medali uchun bahsda -72 kg vazn toifasida ishtirok etgan Shahzod Qo'chqorov yaponiyalik Taishi Narikunidan ustun keldi va sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Manba: olympic.uz