Sport federatsiyalarining Olimpiya shaharchasidagi joylashuvi muhokama qilindi

Bugun Sport vazirligining Olimpiya shaharchasida joylashgan yangi binosida majmuaning imkoniyatlaridan maksimal foydalanish, xususan, federatsiya va assotsiatsiyalarning u erdagi joylashuvi masalalariga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi.
Unda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining sport bo'yicha vakili Odil Abduraxmonov, Sport vazirligi hamda MOQ rahbariyati federatsiyalar mas'ullari bilan mazkur masalalarni atroflicha muhokama qilishdi.
Yig'ilishda Olimpiya shaharchasidagi yangi sport ob'ektlari va sport bazalariga ko'chish ishlarini tezlashtirish va rejalashtirish bo'yicha tashkiliy chora-tadbirlar muhokama qilindi. Shuningdek, bu jarayon bilan bog'liq masalalar, mavjud muammolar va ularning echimlari ko'rib chiqildi.
Manba: olympic.uz