Saudiya Arabistoni chempionatining 20-turida "An-Nasr" safarda "Ar-Riyod"ga qarshi bahs olib bordi va 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

Yagona gol 40-daqiqada Sadio Mane tomonidan kiritildi.

"An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'yin qaydnomasidan o'rin olmadi. Avvalroq 40 yoshli portugaliyalik futbolchi klub xo'jayinlarining xatti-harakatlaridan norozi bo'lib, o'yinni boykot qilayotgani xabar qilingandi.

"An-Nasr" (46) "Al-Hilol"ni (46) ortda qoldirib, peshqadamga aylandi, ammo raqibda bitta zaxira o'yini bor.

"Ar-Riyod" 12 ochko bilan musobaqa jadvalida 15-o'rinda bormoqda.

Ar-Riyod - An-Nasr - 0:1

Gol: Mane, 40 (0:1)

Ar-Riyod: Boryan, Gonsales, Barbe, Al-Xaybari (Al-Xarfi, 65), Al-Xaibri, Al-Bavardi (Xazazi, 87), Al-Siyaxi (Al-Absi, 87), Toze, Soro (Sali, 65), Oku, Xarun (Silla, 65)

An-Nasr: Bentu, Simakan, Inigo Martines, Al-Nasser, Al-Gannam (Al-Sharari, 88), Al-Xassan (Al-Bushal, 66), Anjelu Gabriel, Yaxyo (Al-Xaibari, 58), Mane, Garib (Al-Nadjei, 88), Joau Feliks

Ogohlantirishlar: Soro, 10. Xarun, 45. Al-Xarfi, 78 - Al-Xassan, 52

Manba: www.stadion.uz.