«An-Nasr» o'z maydonida Saudiya Arabistoni chempionatining 29-turi doirasida «Al-Ittifoq» jamoasini qabul qildi va 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvdagi yagona gol muallifi Kingsli Koman bo'ldi — u 31-daqiqada raqib darvozasini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'ldi.

Mehmonlar tarkibida himoyachi Jek Xendri o'yinning asosiy vaqtiga qo'shib berilgan daqiqalarda (90+4) to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olib, maydondan chetlatildi.

Mezbonlarning portugaliyalik yulduzi Krishtianu Ronaldu uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 89-daqiqada zaxiraga olindi.

Shu tariqa, «An-Nasr» barcha turnirlardagi mag'lubiyatsiz seriyasini 12 yanvardan beri davom ettirmoqda. Hozirda jamoa 76 ochko bilan Saudiya Pro-ligasi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Al-Ittifoq» esa 42 ochko bilan ettinchi o'rinda bormoqda.

Manba: www.stadion.uz.