«Al-Hilol» Saudiya Arabistoni chempionati 21-turi doirasida safarda «Al-Oxdud» jamoasini tor-mor keltirdi — 6:0.

Mehmonlar safidagi debyut o'yinida Karim Benzema xet-trik qayd etdi. 38 yoshli frantsuz fevral oyi boshida «Al-Ittihod»dan transfer qilingan edi.

Shuningdek, «Al-Hilol» a'zosi Salem Al-Dovsari dubl qayd etgan bo'lsa, yana bir golga «Zenit»ning sobiq a'zosi Malkom mualliflik qildi. Braziliyalik futbolchi goldan tashqari o'z hisobiga uchta golli uzatmani ham yozdirib qo'ydi.

Hozirda «Al-Hilol» 50 ochko bilan Saudiya Arabistoni chempionatida peshqadamlik qilmoqda. «Al-Oxdud» (10 ochko) esa turnir jadvalida 17-o'rinni egallab turibdi.

Manba: www.stadion.uz.