SPL. «Ash-Shabob» — «An-Nasr» bahsida gollar shousi bo'ldi

Saudiya Pro-ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi 33-turidan o'rin olgan «Ash-Shabob» va «An-Nasr» jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Jamoalar Ar-Riyoddagi «Ash-Shabob — Prints Xalid bin Sulton» stadionida bahs olib borishdi. Unda mehmonlar 4:2 hisobida g'alaba qozonishdi.
O'yinning 3-daqiqasida mehmonlar hujumchisi Joau Feliks hisobni ochdi. 10-daqiqada esa Feliks dublni rasmiylashtirdi. 30-daqiqada mezbonlar forvardi Yannik Karrasko bitta javob to'pini kiritdi. Ikkinchi bo'limning 75-daqiqasida Krishtianu Ronaldu «An-Nasr»ning uchinchi goliga mualliflik qildi. 80-daqiqada Ali Al-Bulayxi «Ash-Shabob»ning ikkinchi golini urdi. Uchrashuv yakunida, 90+8-daqiqada Joau Feliks penaltini aniq amalga oshirib, xet-trik qayd etdi.
Qayd etish joizki, Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi 971-golini urdi.
«An-Nasr» Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda. Jamoa 32 o'yinda 82 ochko jamg'argan. Ikkinchi o'rinda borayotgan va zaxirasida bitta o'yini bor «Al-Hilol» bilan farq 5 ochkoni tashkil etmoqda. «Ash-Shabob» esa 32 ochko bilan 13-o'rinda bormoqda.