Saudiya Arabistoni chempionatining 9-turida "An-Nasr" o'z maydonida "Al-Xalij"ni mag'lub etdi - 4:1.

Mezbonlar safida Joau Feliks va Uesli birinchi bo'limda gol muallifi bo'ldi. Ikkinchi bo'limda Sadio Mane va Krishtianu Ronaldu tabloga o'z ismini yozdirib qo'ydi. Portugaliyalik futbolchi Saudiya Premer-ligasining joriy mavsumida 10-golini urdi.

Mehmonlar safida yagona gol Murod Al-Xavsaui hisobiga yozildi.

"An-Nasr" qatorasiga 9-g'alabasini qo'lga kiritdi va 27 ochko bilan Premer-liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Al-Xalij" 14 ochko bilan 7-pog'onadan joy olgan.

Manba: www.stadion.uz.