"Al-Hilol" Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida Krishtianu Ronalduning "An-Nasr" klubini ortda qoldirib, peshqadamga aylandi.

Kecha Liga 13-turidan o'rin olgan "Al-Hilol" - "Damak" (2:0) bahsida "Al-Hilol" ochkolarini 32 taga etkazib, 1-o'ringa chiqib oldi. "An-Nasr"ning hisobida 31 ball bor.

"An-Nasr" chempionatning so'nggi ikki o'yinida "Al-Ittifoq" bilan durang (2:2) va "Al-Ahli"ga yutqazib (2:3) atigi bir ochko to'pladi.