Spinatstsola «Napoli» bilan shartnomasini uzaytirdi

Iyun oyining boshida Leonardo Spinatstsola «Napoli» bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha deyarli kelishuvga erishgani haqida xabar bergan edik va mana, bu rasman amalga oshdi. «Roma» va Italiya terma jamoasining sobiq futbolchisi 2028 yilgacha mo'ljallangan yangi bitimga imzo chekdi. Tomonlar bu haqda rasman e'lon qilishdi.
Spinatstsola ikki yildan beri ushbu klub sharafini himoya qilib kelmoqda va shu vaqt ichida barcha musobaqalarda jami 72 ta o'yinda maydonga tushdi.
U «Napoli» bilan birgalikda Italiya chempioniga aylandi, e'tiborlisi, bu muvaffaqiyatga u klubdagi ilk mavsumidayoq (2024/2025) erishgan edi. Klub o'tgan chempionatni turnir jadvalida ikkinchi o'rinda yakunladi, biroq mavsum yakunlariga ko'ra bosh murabbiy Antonio Konte bilan xayrlashdi. Italiya terma jamoasi safida esa Leonardo 2021 yilda Evropa chempioni bo'lgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar