"Yuventus" bosh murabbiyi Luchano Spalletti A Seriya 16-turidan o'rin olgan "Roma"ga qarshi o'yinga o'z munosabatini bildirdi.

"Hozir barcha o'yinlar murakkab. G'alaba qozonish va undan saboq olish qo'shaloq g'alabadir, chunki ular sizga ishonch bag'ishlaydi va har qanday raqib bilan o'ynash mumkinligini tushunishga yordam beradi.

Biz oxirigacha kurashdik va kech gol o'tkazib yuborganimizda ham jamoa ko'proq narsani xohladi. Endi ishlashda davom etamiz va umid qilamanki, yo'qotilgan pozitsiyalarni qaytarishga harakat qilamiz", - deya murabbiyning so'zlarini keltiradi Football Italia.

"Yuventus" ochkolarini 29taga etkazib, Italiya chempionati turnir jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda. Turin jamoasi barcha turnirlarda ketma-ket uchta g'alabaga erishdi.