«Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spalletti jamoa tarkibini kuchaytirish borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Byankonerilar» A Seriyani oltinchi o'rinda yakunlashdi va Chempionlar ligasi yo'llanmasidan mosuvo bo'lishdi. So'nggi turda «keksa sinora» derbida «Torino»ga qarshi o'yinda g'alabani qo'ldan boy berdi (2:2).

«Biz xarakterli o'yinchilarni sotib olishimiz kerak. Undaylarni darhol tanib olasiz. Bunga misol qilib, har bir to'p uchun kurashadigan Lokatelli yoki Makkennini keltirish mumkin. Bizga aynan shunday insonlar kerak», — dedi Spalletti o'yindan keyingi matbuot anjumanida.

67 yoshli mutaxassis yaqindagina «Yuventus» bilan shartnomasini 2028 yilgacha uzaytirdi. U boshqaruvni kuz oylarida Igor Tudordan qabul qilib olgandi.