"Napoli" yarim himoyachisi Stanislav Lobotka "Yuventus"ning ehtimoliy transfer maqsadi hisoblanadi.

Yaqinda slovakiyalik futbolchi agar Antonio Konte neapolliklar murabbiyi bo'lib qolsa, klubini o'zgartirishga tayyorligini ma'lum qilgandi. Yaqindagina "Yuventus"ni qabul qilib olgan Luchano Spalletti esa yangi jamoasiga uni olmoqchi.

Jurnalist Ekrem Konurning yozishicha, "keksa sinora" rahbariyati yanvar oyida 30 yoshli xavbekka murojaat qilishi mumkin. Futbolchiga Ispaniya La Ligasi, Turkiya Superligasi va Saudiya Arabistoni chempionati vakillari ham qiziqish bildirmoqda.

Stanislav Lobotkaning Transfermarkt portalidagi narxi - 25 mln evro. Joriy mavsumda futbolchi "Napoli" safida 11 ta o'yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.