"Yuventus" bosh murabbiyi Luchano Spalletti Turin hujumchisi Kenan Yildiz haqida fikr bildirdi.

4 noyabr kuni "Yuventus" Chempionlar Ligasining to'rtinchi turida "Sporting"ni qabul qiladi. "Yildiz ertangi o'yinga tayyor. Men faoliyatimda juda omadli bo'ldim, ko'plab ajoyib o'yinchilarni boshqarganman va u yuqori darajada o'ynamoqda.

Men undan maydonda qaysi pozitsiyani afzal ko'rishini so'radim va u chap vinger sifatida o'ynashni afzal ko'rishini aytdi", dedi Spalletti matbuot anjumanida.