Spalletti qanday shartlar asosida «Yuventus» bilan kelishuvni uzaytirishi ma'lum bo'ldi

«Yuventus» klubi bosh murabbiyi Luchano Spalletti bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar berdi.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, mutaxassis 2028 yil yoziga qadar shartnoma imzolaydi. Murabbiyning oylik maoshi 6 million evroni tashkil qiladi.
Luchano Spalletti o'tgan yilning kuzidan beri «Yuventus» bosh murabbiyi hisoblanadi. Hozirda Turin klubi A seriya turnir jadvalida 30 turdan keyin 54 ochko bilan 5-o'rinda bormoqda.
Manba: football24.ru