Luchano Spalletti Italiya terma jamoasidan haydalganidan keyin murabbiylikka qaytishga shoshilmayapti.

66 yoshli mutaxassis Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” va Qatarning “As-Sadd” klublaridan taklif olgan, biroq hozircha bu taklifga javob bermagan.

Jurnalist Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, "Napoli"ning sobiq murabbiyiga katta maosh va'da qilingan, biroq u Evropada qolishni afzal ko'radi.

Luchano Spaletti shu yilning iyun oyida Italiya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketgan edi.