Spalletti: "Ikardi haqida yaxshi gaplar ayta olmayman"

Turinning "Yuventus" klubi bosh murabbiyi Luchano Spallettidan argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bilan yangi hamkorlik qilish imkoniyati haqida so'rashdi.
"Odamlar mendan Ikardi haqida so'rashadi va men u haqida ko'p yaxshi gaplar ayta olmayman. Yo'q, u menga maydonda yordam berdi, gollar urdi, bu borada u bilan hech qanday muammo yo'q va shu ma'noda Ikardi foydali bo'lishi mumkin.
Lekin menga umuman yoqmagan boshqa vaziyatlar ham bor edi, asosan maydon tashqarisida", - deya Spallettining so'zlaridan iqtibos keltiradi fcinter1908.it.