«Roma»ning argentinalik vingeri Matias Soule Angliya chempionatiga o'tishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning ta'kidlashicha, 23 yoshli hujumchining xizmatlariga Angliyaning «Sanderlend» klubi qiziqish bildirmoqda. Yaqin soatlar ichida to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar boshlanishi kutilmoqda. Manbaga ko'ra, «Roma» futbolchini sotish orqali 35-40 million evro ishlab olmoqchi.

2025/26-yilgi mavsumda Soule barcha musobaqalarda 42 ta o'yinda ishtirok etib, ettita gol urgan va sakkizta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Soulening rimliklar bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029-yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt ekspertlari argentinalik futbolchini 35 million evroga baholamoqda.

Manba: Stadion.uz