Soule nima uchun Italiya terma jamoasida o'ynashdan bosh tortganini tushuntirdi

"Roma" vingeri Matias Soule Italiya futbol federatsiyasidan taklif olganini tan oldi.
Argentinalik futbolchi Italiya fuqaroligiga ega bo'lib, "skuadra adzurra" safida xalqaro miqyosda to'p tepish imkoniyatiga ega. Darvoqe, futbolchida bunday rejalar yo'q - u Lionel Skaloni qo'l ostida o'ynashni orzu qiladi.
"Italiya futbol federatsiyasi menga ikki marta murojaat qildi, buning uchun men juda minnatdorman, ammo men Argentina terma jamoasida o'ynashni xohlayman. Bu maqsadga imkon qadar tezroq erishish uchun astoydil harakat qilishda davom etaman," - dedi "Roma"ning 22 yoshli vakili.
Matias Soule bir marta Argentina terma jamoasiga chaqirilgan, ammo debyut qilmagan.