Son Xyon Mining goli 2025 yilda MLSda eng yaxshi deb topildi (video)

MLS rasmiy saytida 2025 yilning eng yaxshi goli muallifi nomi e'lon qilindi.
Mukofotni "Los-Anjeles" futbolchisi Son Xyon Min qo'lga kiritdi. Uning chempionatning 29-turidan o'rin olgan "Dallas"ga qarshi o'yindagi ajoyib jarima zarbasi ovoz berish jarayonida Lionel Messining golidan o'tib ketdi. Bu koreyalikning Amerika klubidagi debyut goli edi.
Eslatib o'tamiz, Son "Los-Anjeles" safiga 2025 yilning avgust oyi boshida "Tottenxem"dan 22 million evro evaziga kelib qo'shilgan edi.
Eslatib o'tamiz, Son "Los-Anjeles" safida MLSda 10 ta o'yinda 9 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Free kick perfection. ????
— Major League Soccer (@MLS) October 27, 2025
Son Heung-Min's strike is the @ATT Goal of the Year! pic.twitter.com/lsF6tsN2fT