Solomin: "Fayzullaevni Evropaning qaysidir top chempionatida ko'rishni istardim"

O'zbekiston terma jamoasining sobiq futbolchisi Pavel Solomin Abbosbek Fayzullaev transferi borasida fikr bildirdi. TsSKA yarim himoyachisi yozda Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" klubiga o'tdi.
"Uni Evropaning qaysidir top chempionatida ko'rishni istardim, u bunga loyiq. Afsuski, hozir Fayzullaev har doim ham o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti, bu esa terma jamoa uchun unchalik yaxshi emas," - deya Solominning so'zlarini keltiradi Legalbet.
Fayzullaev yangi klubi safida 5 ta o'yinda maydonga tushdi va deyarli barcha o'yinlarda zaxiradan o'yinga qo'shildi. Kelasi yili O'zbekiston tarixda ilk bor jahon chempionatida ishtirok etadi.