Solbakken Frantsiya bilan o'yinga asosiy tarkibni tushirmagani haqida fikr bildirdi

Norvegiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stole Solbakken JCh-2026 3-turidan o'rin olgan Frantsiyaga qarshi o'yinda (1:4) asosiy tarkibning ayrim futbolchilarini maydonga tushirmaslik borasidagi qaroriga izoh berdi. Norvegiyaliklar 2-turdan keyin pley-off yo'llanmasini naqd qilib qo'ygan edilar.
«Hammasi juda oddiy. Senegal bilan o'yindan keyin biz tahlil o'tkazdik va besh-olti nafar futbolchi 80-daqiqadan so'ng juda qattiq charshab qolganini ko'rdik. Bu butun himoya chizig'i va ayrim yarim himoyachilarga tegishli edi. Shuningdek, Senegal bilan o'yindan keyin Norvegiyada bugungi uchrashuv oldidan tiklanish uchun kamroq vaqt bo'lganini bilardik.
Biz munosib o'yin o'tkazishimiz mumkin edi, ammo bizning maqsadimiz — g'alaba qozonish. Jamoaning hozirgi holatini hisobga olgan holda g'alaba qozonish imkoniyatlarimiz qanchalik yuqori ekanligini va keyingi o'yinga qanchalik tayyor bo'lishimizni baholash kerak edi. Shuning uchun men uchun bu mutlaqo aniq qaror edi. Fizioterapevtlar, tibbiy shtab va hatto ayrim futbolchilar ham shu fikrda edilar. Ular o'yinda ishtirok etish oson bo'lmasligini aytishdi», — dedi Solbakken.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar