Qirg'iz Respublikasida sport kurashlari bo'yicha Osiyo chempionatining yana bir kuni ortda qoldi. Unda terma jamoamiz hisobiga 1 ta bronza medali yozildi.

Mazkur medalni -53 kg vazn toifasida kurashgan Sohibjamol Esbosinova keltirdi. Hamyurtimiz uchinchi o'rin uchun bahsda janubiy koreyalik raqibasini mag'lubiyatga uchratdi.

Bugun kun davomida o'tkaziladigan erkin kurash bahslarida qator sportchilarimiz gilamga chiqishadi.

Final:
-65 kg: Umidjon Jalolov — Sujit (Hindiston)

Bronza medali uchun:
-70 kg: Shahzodbek Yarashev — Sina Halili (Eron)
-79 kg: Razambek Jamalov — Daulet Ergesh (Qozog'iston) / Suldxu Olonbayar (Mo'g'uliston)
-97 kg: Sherzod Poyonov — Viki (Hindiston)

Manba: sport24.ru