Sofiyada dzyudo bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati boshlandi

Bugun Bolgariyaning Sofiya shahrida dzyudo bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati start oldi. 71 mamlakatdan 551 nafar sportchi ishtirok etadigan mazkur musobaqada O'zbekiston terma jamoasi ham qatnashmoqda.
Dasturga ko'ra, 27-30 avgust kunlari yakkalik. 31 avgust sanasida esa aralash jamoaviy dasturda g'olib va sovrindorlar aniqlanadi. Bugun yigitlar -50 va -55 kg, qizlar esa -40 va -44 kg vazn toifalarida bellashishadi. Mazkur musobaqada O'zbekiston terma jamoasi to'liq tarkibda 20 nafar sportchi bilan ishtirok etadi.
Manba: olympic.uz