Mashhur statistik portal Sofascore Frantsiya Liga 1 chempionatida 2025 yil uchun ramziy jamoani taqdim etdi.

Ramziy terma jamoaga chempionatda o'z pozitsiyalarida eng yuqori baholarni olgan 11 nafar futbolchi kiritildi. Tarkib 4-3-3 sxemasi bo'yicha shakllantirilgan.

Ta'kidlash joizki, ushbu jamoadan «Pari Sen-Jermen»ning 3 o'yinchisi o'rin oldi. "Oltin to'p" sohibi Usmon Dembele ramziy jamoaga kiritilmadi.

Ramziy jamoa quyidagicha:

Darvozabon:
Jorje Petrovich («Strasburg»);

Himoyachilar:
Adrien Tryuffer («Renn»), Lukas Beraldo («PSJ»), Aleshandro («Lill»), Aron Dyonnum («Tuluza»);

Yarim himoyachilar:
Andrey Santos («Strasburg»), Vitinya («PSJ»), Adrien Rabo («Marsel»);

Hujumchilar:
Xvicha Kvaratsxeliya («PSJ»), Amin Guiri («Marsel»), Meyson Grinvud («Marsel»).

Manba: stadion.uz