Sofascore statistik portali futbolchilarning o'tkazilgan uchrashuvlardagi o'rtacha baholari asosida 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi yakunlari bo'yicha ramziy terma jamoani tuzib chiqdi.

Ramziy terma jamoa tarkibi quyidagicha ko'rinish oldi:

Darvozabon: Vozinya (Kabo-Verde) – 7,67.

Himoyachilar: Pau Kubarsi (Ispaniya) – 7,67, Emerik Laport (Ispaniya) – 7,93, Yan Paul van Xekke (Niderlandiya) – 7,93.

Yarim himoyachilar: Jud Bellingem (Angliya) – 7,44, Rodri (Ispaniya) – 7,90, Brunu Fernandesh (Portugaliya) – 7,97.

Hujumchilar: Usman Dembele (Frantsiya) – 8,57, Vinisius Junior (Braziliya) – 8,43, Erling Xoland (Norvegiya) – 8,25, Lionel Messi (Argentina) – 9,07.

Futbol bo'yicha Jahon chempionati-2026 AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida shu yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar bo'lib o'tmoqda.

Manba: Stadion.uz