"Liverpul" yarim himoyachisi Dominik Soboslai Chempionlar ligasi chorak finalining dastlabki bahsida "PSJ"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (0:2) o'z fikrlarini bildirdi.

"Raqibimiz juda kuchli, ammo oldinda yana 90 daqiqa bor. Biz hali ham muvaffaqiyatga ishonamiz. Ishlashda davom etishimiz kerak. Vazifamiz — javob o'yinida bor kuchimizni ishga solish", – dedi Soboslai o'yindan keyingi intervyusida.

"Enfild"dagi bahs seshanba kuni, 14 aprel sanasida bo'lib o'tadi.