«Liverpul» klubi yarim himoyachisi Dominik Soboslai Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi va Portugaliya terma jamoasi markaziy hujumchisi Krishtianu Ronalduning professionalligi haqida o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.

«Mening kumirim bor edi – Krishtianu Ronaldu. O'yin uslubi uchun emas, balki uning mentaliteti va mehnatsevarligi uchun. Yosh bo'lganimda uning tarjimai holini o'qiganman, qanday shug'ullanishi haqidagi videolarni tomosha qilganman», — deya Soboslaining so'zlaridan iqtibos keltiradi L’Equipe.

Shu bilan birga, Vengriya terma jamoasi xavbeki hozirgi vaqtda buyuk futbolchilar orasida o'rnak oladigan kumirlari yo'qligini qo'shimcha qildi.

41 yoshli Ronaldu JCh-2026 turnirining 1/8 finaligacha etib bordi. Chorak finalga portugaliyaliklarni Ispaniya terma jamoasi qo'ymadi, ular 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Ronaldu Shimoliy Amerikadagi turnirda beshta o'yinda uchta gol urdi.

Manba: Stadion.uz