"Liverpul" markaziy yarim himoyachisi Dominik Soboslai "Arsenal"ga qarshi o'yin haqida fikr bildirdi.

Vengriyalik futbolchidan 21-turda "qizillar" bo'lajak Angliya chempioni bilan to'qnash keladimi, deb so'rashdi.

- E, xudo, bunga hali ancha bor. Premer-liga oson emas. Chempionlarga qarshi o'ynayapmiz deb o'ylamayman. Aynan ular amaldagi chempionlarga qarshi o'ynashadi," - deya xavbekning so'zlarini keltiradi Sky Sports.

Soboslaining qo'shimcha qilishicha, "Arsenal" chempionlik uchun yaxshi imkoniyatga ega, ammo turnir jadvalidagi asosiy raqobatchilari - "Manchester Siti" va "Aston Villa"ni kurashdan chiqarib tashlab bo'lmaydi.